
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti kasaba uyushmasi hamda Sport salomatlik bo‘limi boshlig‘i Abbos Xayrullayev tashabbusi bilan universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” mavzusida sport musobaqasi tashkil etiladi.
Musobaqa sportning mini futbol turi bo‘yicha o‘tkazilib, sog‘lom raqobat, jamoaviylik va jismoniy faollikni oshirishga xizmat qiladi. Tadbirda universitet jamoalari o‘zaro kuch sinashib, “Rektor kubogi” uchun bahs olib boradilar.
Musobaqa 22-iyul kuni soat 18:00da TDIUning Samarqand filiali futbol maydonida bo‘lib o‘tadi.
G‘oliblarga quyidagi sovg‘alar taqdim etiladi: 1-o‘rin — televizor, 2-o‘rin — mikroto‘lqinli pech, 3-o‘rin — blender. G‘olib jamoalar diplom hamda rektor kubogi bilan taqdirlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun Sport salomatlik bo‘limi boshlig‘i Abbos Xayrullayevga murojaat qilish kerak; ro‘yxatdan o‘tish 22-iyul kuni soat 10:00 gacha davom etadi.
Musobaqaga barcha xodimlar, talabalar va sport ishqibozlari taklif etiladi!