Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro23-may, 2025 · Tahririyat

Samarqand va Futszyan hamkorlikni kengaytiradi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Samarqand – Futszyan iqtisodiy-savdo hamkorlik forumida universitet rahbariyati ham ishtirok etdi; B2B va G2B uchrashuvlar doirasida bir qator kelishuv va memorandumlar imzolandi.

Samarqand – Futszyan hamkorlik forumi

Samarqand shahrida Samarqand – Futszyan iqtisodiy va savdo hamkorligi hamda “Musaffo Futszyan” madaniy-turizm forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda Samarqand viloyati va Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provinsiyasi rahbariyati, iqtisodiyot, savdo, turizm, madaniyat va madaniy meros sohalari mas’ullari, tadbirkorlar bilan bir qatorda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamolova, Oliy ilm-fan maktabi dekani Perviz Ahmadzade hamda Arxitektura fakulteti professori Emrah Turkyilmaz ishtirok etdi.

Forum ochilishida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyozov, Xitoy Xalq Respublikasi Futszyan provinsiyasi gubernatori Chjao Lun keyingi yillarda rivojlanib borayotgan O‘zbekiston – Xitoy mintaqalari hamkorligi, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va turizm sohalarida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, investitsiya dasturlari haqida so‘z yuritdilar.

Tadbir davomida ikki hududning turizm, madaniyat, transport, qishloq xo‘jaligi, investitsiya, ishlab chiqarish va sanoat sohalaridagi salohiyati namoyish etildi. B2B va G2B uchrashuvlar o‘tkazilib, hamkorlikni mustahkamlash va yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha bir qator kelishuv hamda memorandumlar imzolandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish