Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-sentabr, 2025 · Tahririyat

SDTU – DIU hamkorligida yangi bosqich

Rektor maslahatchisi Ferhan Kara Bangladeshdagi Daffodil International University rahbariyati bilan uchrashib, doktorantura, qo‘shma ilmiy rahbarlik va stipendiya dasturlari bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi.

Rektor maslahatchisi Ferhan Kara Daffodil International University rahbariyati bilan uchrashuvda

Samarqand davlat texnika universiteti rektori maslahatchisi Ferhan Kara Bangladesh Respublikasiga xizmat safari chog‘ida Daffodil International University (DIU) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida DIUning Xalqaro aloqalar bo‘limi hamda Magistratura fakulteti jamoasi bilan 2025-yil may oyida imzolangan memorandum doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Xususan, doktorantura yo‘nalishlari, qo‘shma ilmiy rahbarlik, stipendiyalar va qo‘shma dasturlar yuzasidan kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Yaqin kunlarda DIU talaba va professor-o‘qituvchilari uchun SDTU doktorantura dasturiga qabul e’lon qilinib, qisman stipendiya va assistentlik imkoniyatlari taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish