Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro24-may, 2025 · Tahririyat

Universitet professor-o‘qituvchilari Tojikistonda xizmat safarida

Arxitektura va Madaniy meros fakultetlari vakillari Tojikiston texnika universitetida qo‘shma ilmiy loyihalar, akademik mobillik va stajirovka dasturlarini rivojlantirish yuzasidan muzokara olib bordi.

Professor-o‘qituvchilarning Tojikiston texnika universitetidagi xizmat safari

Universitetning “Arxitektura” hamda “Madaniy meros obyektlarini asrash” fakultetlari vakillari — Farrux Madiyev, Abduaziz Raximov, Fayzulla Chorshanbayev va Dilshod Luqmonov — Tojikiston texnika universitetida xizmat safarida bo‘lishdi.

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad:

— qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish;

— akademik mobillik va stajirovka dasturlarini rivojlantirish;

— ta’lim tizimi, fan dasturlari hamda baholash mezonlari bilan tanishish.

Tashrif davomida delegatsiya:

— universitet kampusi va “Luban” ustaxonasi faoliyati bilan tanishdi;

— dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi;

— ilmiy-uslubiy fikr almashdi;

— birinchi prorektor bilan hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha muzokara olib bordi.

Mazkur xizmat safari ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va xalqaro tajriba almashuvini kengaytirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish