
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Safari doirasida rektor — “HENGDA” qurilish sifatini nazorat qilish byurosida qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish tajribasi bilan tanishdi.
— “China Medical City” — milliy darajadagi biotibbiyot va yuqori texnologiyalar hududida xalqaro innovatsion loyihalar hamda ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini ko‘zdan kechirdi.
— “SUN sement” zavodida esa zamonaviy sement ishlab chiqarish texnologiyalari va ularning qurilish sohasidagi qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuvlarning asosiy maqsadi — SDTU va Xitoyning yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar uchun Xitoyda o‘quv-amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajriba orttirish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishdir.