Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro12-fevral, 2025 · Tahririyat

SDTU va Malayziyaning yana ikki universiteti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Rektor boshchiligidagi delegatsiya Malayziya Islom bilimlari universiteti va Tunku Abdul Rahman universiteti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Malayziya universitetlari bilan hamkorlik uchrashuvi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov boshchiligidagi delegatsiya Malayziyaning yana ikki nufuzli universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.

Malayziya Islom bilimlari universiteti bilan tuzilgan dastlabki kelishuv shartnomasini SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz imzoladi. Uchrashuv davomida dotsent Elina Mohd Husini va dotsent Fadli Arabi universitetda mavjud ta’lim yo‘nalishlari, kutubxona, studiyalar va laboratoriyalar haqida ma’lumot berishdi. Tomonlar kelgusida akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdilar.

Tunku Abdul Rahman universiteti rahbariyati bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarga universitet prorektori Dr. Goi Bok Min rahbarlik qildi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish yuzasidan fikr almashishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish