
Joriy yilning 13-oktyabrigacha Yaponiyaning Osaka shahrida o‘tkazilayotgan “Expo-2025” butunjahon ko‘rgazmasi davom etmoqda.
Ushbu nufuzli xalqaro tadbirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetidan yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov hamda bosh kotib Ulug‘bek Xolmatov ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazma doirasida — “Kelajak jamiyati”, “Aqlli shaharlar”, “Sog‘liqni saqlash texnologiyalari”, “Yashil energetika”, “Robototexnika” kabi ilg‘or loyihalar bilan tanishish; Yaponiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish; xalqaro tajribalarni o‘rganish va yurtimizda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy ko‘rgazma hamda tanlovlarga yuqori saviyada tayyorgarlik ko‘rish maqsad qilingan.
Universitet vakillarining ushbu ishtiroki oliygoh faoliyatini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.