Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti9-aprel, 2025 · Tahririyat

SDTUda Ebru san’ati bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

Turk ebru san’ati ustasi Songül Kartal SDTUda talaba va o‘qituvchilar uchun suv ustida rasm chizish bo‘yicha master-klass o‘tkazdi.

Ebru san’ati bo‘yicha master-klass

Kuni kecha universitetda mashhur turk san’ati — Ebru (suv ustida rasm chizish) bo‘yicha noyob master-klass bo‘lib o‘tdi. Tadbirni xalqaro ebru san’ati ustasi, 16 yillik tajribaga ega o‘qituvchi va ijodiy tadbirlar tashkilotchisi Songül Kartal olib bordi.

Ishtirokchi o‘qituvchi va talabalar Ebru san’atining nafis sirlariga chuqur sho‘ng‘idilar. Suv yuzasida ranglarning raqsini tomosha qilish va o‘z qo‘llari bilan asar yaratish ularda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘ngida Songül Kartalga universitet nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish