
Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida UNESCO rahnamoligida “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.
Seminar ishtirokchilari:
— professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar;
— madaniy meros bo‘yicha mutaxassislar va me’morlar;
— mahalliy boshqaruv tashkilotlari vakillari;
— xalqaro va nodavlat tashkilotlar;
— bakalavr, magistratura va doktorantura talabalari.
Asosiy mavzular:
— barqaror manbalar va an’anaviy usullar;
— madaniy meros va iqlim o‘zgarishi;
— madaniy merosning barqarorligini ta’minlovchi raqamli texnologiyalar;
— shahar madaniy merosi va barqaror rivojlanish omillari.
Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 1-oktabrdan boshlanadi, taqdimotlarni yuborish muddati esa 2025-yil 20-oktabrgacha.