
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Inkubatsiya markaziga investitsiya kiritilishi haqida avvalroq xabar bergan edik.
Bugun SDTUda Xitoyning Hebei Lakoo Automation Equipment mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda XingTai LangTai Agricultural Technology mas’uliyati cheklangan jamiyati vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet tomonidan rektor Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar Juramirza Qayumov, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov, Rahmatillo Egamov hamda bosh kotib Ulug‘bek Xolmatov, Samarqand viloyati Investitsiya, sanoat va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi Ahmadjon Bahodirov ishtirok etdi.
Uchrashuv doirasida Inkubatsiya markazi qoshida Xitoy kompaniyalari bilan Universitet va sanoat korxonalari hamkorligi markazi ochildi.