
“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kibersport bellashuvlari hamda sport o‘yinlari tashkil etildi.
Kibersport musobaqalari talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini va jamoaviylik ruhini rivojlantirishga xizmat qilgan bo‘lsa, sport tadbirlari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jismoniy faollikni oshirishga qaratildi.