Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti15-iyul, 2025 · Tahririyat

“Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Talabalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida “Sog‘lom turmush madaniyati oyligi”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

“Sog‘lom turmush madaniyati oyligi”ga bag‘ishlangan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir “Sog‘lom turmush madaniyati oyligi”ga bag‘ishlanib, yoshlarda ijobiy hayotiy qarashlarni kuchaytirish, sog‘lom muhit yaratish va turli zararli illatlardan ogoh etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv davomida mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmushning afzalliklari, jismoniy faollik va psixologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbir talabalarda katta qiziqish uyg‘otib, faol muloqot va savol-javoblar shaklida o‘tdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish