
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 2025-yil 28–29-aprel kunlari professor-o‘qituvchilar hamda ishchi-xodimlar o‘rtasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkaziladi.
Musobaqalar quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi: arqon tortish; tosh ko‘tarish; shaxmat.
G‘olib va sovrindorlar diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Sport ruhini uyg‘otamiz, birlik va hamjihatlikni mustahkamlaymiz! Barchani faol ishtirok etishga chorlaymiz!