Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera14-noyabr, 2025 · Tahririyat

SUS Environment kompaniyasi bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Xitoyning SUS Environment kompaniyasi 93 nafar bitiruvchi bilan suhbat o‘tkazdi; 40 nafar talaba 2026-yilning birinchi choragida Xitoyga amaliyotga yuboriladi.

SUS Environment kompaniyasining bitiruvchilar bilan uchrashuvi

Samarqand davlat texnika universitetida Xitoyning SUS Environment kompaniyasi 2026-yil bitiruvchilarini ishga qabul qilish va xorijiy amaliyot dasturlarini tashkil etish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, atrof-muhit muhandisligi, muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji, suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi hamda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi.

SUS Environment kompaniyasi chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasida loyiha ishlab chiqish, qurilish, ekspluatatsiya va modernizatsiya bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega. Samarqandda “SUS Environment Samarkand” yangi zavodining qurilishi boshlangan: loyihaga 150 million AQSh dollari investitsiya kiritilgan, kunlik quvvati 1 500 tonna chiqindini yoqish, yillik ishlab chiqarishi 240 million kVt·soat elektr energiyasi, qurilish maydoni 15 gektar. Zavod 150–200 ta yangi ish o‘rni yaratadi va 2025–2027-yillarda bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani J. Suyunov, 12 nafar professor-o‘qituvchi hamda 350 ga yaqin bitiruvchi qatnashdi. SUS Environment delegatsiyasi tarkibida bosh direktor Yao Qihao, loyiha boshqaruvchilari Gan Yu va He Qiude, hujjatlar bo‘yicha mutaxassislar Gao Xiaoyan, Munire va Chorlik hamda kadrlar tayyorlash mutaxassisi Xiao Demian bor edi.

Uchrashuv yakunida kompaniyada ishlash istagini bildirgan 93 nafar bitiruvchi suhbatdan o‘tdi. 2026-yilning birinchi choragida saralangan 40 nafar talaba Xitoyga amaliyotga yuborilishi rejalashtirilgan.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish