Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti13-yanvar, 2025 · Tahririyat

Talaba-yoshlar Markaziy harbiy okrugga tashrif buyurishdi

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari Samarqand viloyati Markaziy harbiy okrugiga tashrif buyurib, milliy armiya faoliyati bilan tanishdi.

Talaba-yoshlarning Markaziy harbiy okrugga tashrifi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba-yoshlari Samarqand viloyati Markaziy harbiy okrugiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet o‘rinbosari Nazorbek Axmedov, tyutorlar Surayyo Januzakova va Zoyir Umirzakov tashabbusi bilan amalga oshirildi.

Talaba-yoshlarga milliy armiyamizning bugungi rivojlanishi, Oliy harbiy bilim yurtlarida yaratilgan sharoitlar hamda armiyaning mamlakatimiz xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Markaziy harbiy okrugda joylashgan Tarix o‘quv binosidagi turli ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishtirilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish