Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti25-aprel, 2025 · Tahririyat

Talabalar bilan ochiq va samimiy muloqot

SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va prorektor Sherzod Uzoqov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, talabalar bilan yashash sharoitlari yuzasidan samimiy suhbat qurdi.

Rektor va prorektorning talabalar turar joyiga tashrifi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov bilan birgalikda talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida talabalar bilan yaqindan samimiy suhbat qurildi. Ularning fikr-mulohazalari, muammolari va takliflari diqqat bilan tinglandi. Turar joydagi yashash sharoitlari, qulayliklar va mavjud ehtiyojlar bevosita joyida o‘rganildi.

Ushbu uchrashuv talabalar hayotiga befarq bo‘lmaslik, ularning farovonligi va rivojlanishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning amaliy ifodasidir.

Universitet rahbariyati yoshlarning dardini tinglash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalik davrini mazmunli o‘tkazishga har tomonlama ko‘mak berishga intilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish