
Poytaxtimizdagi Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining final bosqichi doirasida ilk kunda 4 jamoa o‘z spektakllarini namoyish etdi.
Tushlikkacha 2 jamoa chiqishini yakunlagan bo‘lsa, tushlikdan so‘ng yana 2 jamoaning spektakli tomosha qilindi. Kun davomida yuzaga kelgan elektr uzilishi sababli 5-jamoaning chiqishi ertangi kunga qoldirildi.
Universitetning “Ulug‘bek vorislari” jamoasi o‘z spektaklini ikkinchi bo‘lib namoyish etdi.
Talabalar teatr festivali doirasida o‘tkazilayotgan “Talabalar teatr studiyalari”ning final ishtirokchisi jamoalari o‘z ijro mahorati bilan finalga munosibligini isbotlamoqda.
Ikkinchi kunni Namangan davlat pedagogika instituti teatr jamoasi boshlab berdi.