Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar9-sentabr, 2025 · Tahririyat

Talabalar turar joyiga ariza topshirgan talabalar diqqatiga

Talabalar turar joyiga joylashish yo‘llanmasi telefon raqamiga yuborilgan talabalarga uni o‘z vaqtida rasmiylashtirish so‘raladi — aks holda turar joy bilan ta’minlash imkoniyati yo‘qolishi mumkin.

SDTU e’loni banneri

Hurmatli talabalar, bugungi kunga qadar talabalarning aksariyati uchun talabalar turar joyiga joylashish bo‘yicha yo‘llanmalar shakllantirilib, ularning telefon raqamlariga xabar yuborildi.

Ushbu jarayon sizning qulay sharoitlarda ta’lim olish va samarali o‘qish imkoniyatlaringizni ta’minlashga qaratilgan.

Shu bilan birga, ayrim talabalar yuborilgan xabarlarni e’tiborsiz qoldirishmoqda.

Sizlarni telefon raqamingizga yuborilgan xabarlarni diqqat bilan tekshirib, yo‘llanmangizni o‘z vaqtida rasmiylashtirishga chorlab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz: yo‘llanmalar belgilangan muddat davomida amal qiladi. Ularni o‘z vaqtida tasdiqlamaslik sizning turar joy bilan ta’minlanishingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuning uchun barcha talabalarni mas’uliyatli bo‘lishga, jarayonni cho‘zmaslikka va imkoniyatdan samarali foydalanishga chaqiramiz.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish