Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro25-iyul, 2025 · Tahririyat

Talabalarimiz Italiyada xalqaro yozgi maktabda ishtirok etishdi

2025-yil 21–25-iyul kunlari Italiyaning Trento universitetida bo‘lib o‘tgan xalqaro yozgi maktabda SDTU talabalari ishtirok etishdi.

Talabalar Italiyada xalqaro yozgi maktabda

2025-yil 21–25-iyul kunlari Italiyaning Trento universitetida “Atrof-muhit barqarorligi bo‘yicha aralash intensiv dastur (bolalar +)” xalqaro yozgi maktabining oflayn qismi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitetimiz Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Humoyun Avezov boshchiligida quyidagi talabalar ishtirok etishdi:

Fozilova Shaxlo — “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” yo‘nalishi 1-bosqich tayanch doktoranti.

To‘ychiyev Shoxruh — “Arxitektura (turlari bo‘yicha)” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi.

Yozgi maktab doirasida ishtirokchilar atrof-muhit barqarorligi, uning samaradorligi va universitet-maktab hamkorligida barqarorlik ta’limini rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha bilim va tajriba orttirishdi.

Ushbu xalqaro dastur joriy yilning sentyabr oyiga qadar davom ettirilishi, kuzning birinchi oyida yozgi maktabning yopilish va taqdirlash marosimlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish