
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 3-bosqich hamda magistratura mutaxassisliklarining 2-bosqich talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yiliga mo‘ljallangan ta’lim grantlarini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilindi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” talablari asosida amalga oshirildi.
Grantlarni qayta taqsimlashda talabalarning akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ijtimoiy faolligi inobatga olindi.
Talabalar 2026/2027-o‘quv yilida ta’lim granti asosida tahsil olish huquqiga ega bo‘lganliklarini universitet botida joylashtirilgan bakalavriat va magistratura ro‘yxatlaridan bilib olishlari mumkin.