
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti kafedralarda tanlov muddati tugagan hamda kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimlariga mehnat shartnomasi asosida tanlov e’lon qiladi.
Kafedra mudirligi lavozimiga — Arxitektura fakulteti: Arxitektura, Landshaft dizayn, Interyer dizayni, Shaharsozlik; Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti: Madaniy meros obyektlarini asrash, Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi; Qurilish fakulteti: Qurilish muhandisligi, Geomatika muhandisligi, Mexanika muhandisligi, Atrof muhit muhandisligi, Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi; Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti: Iqtisodiyot, Ko‘chmas mulkni boshqarish, Biznesni boshqarish; Rektorat kafedralari: San’at, Ijtimoiy va tabiiy fanlar, Axborot texnologiyalari, Xorijiy tillar, O‘zbek tili va adabiyoti.
Malaka talablari — mutaxassislik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga ega bo‘lish; universitet darajasida ta’lim berish tajribasiga ega bo‘lish; a’lo darajadagi muloqot va shaxslararo ko‘nikmalarga ega bo‘lish; hamkasblar bilan jamoaviy ishlash va ijobiy akademik muhitga hissa qo‘shish qobiliyatiga ega bo‘lish.
Kerakli hujjatlar — nomzod Universitetning Xodimlar bo‘limiga quyidagi hujjatlarni topshiradi: ariza; shaxsiy varaqa (ma’lumotnoma-obyektivka/rezyume); diplom nusxasi (bakalavr, magistr, PhD), shuningdek chet elda olingan diplomni tan olish va nostrifikatsiyadan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma; fuqarolik pasporti yoki ID kartasi; professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholash mezonlari (KPI) jadvalida ko‘rsatilgan tegishli talablarni bajarganligini asoslovchi hujjatlar; xorijiy til (ingliz tiliga ustunlik beriladi) bilish darajasini asoslovchi sertifikat; nomzodning ilmiy daraja, ilmiy unvon, ilmiy ishlar va ixtirolari mavjud bo‘lgan taqdirda ularga tegishli diplom nusxalari, ilmiy ishlar ro‘yxati va malaka oshirish guvohnomalari.
Tanlovda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydigan holatlar — o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; Universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan xodim bilan yaqin qarindosh yoki quda-anda bo‘lib, ishga qabul qilinayotgan yoki tayinlanayotgan lavozim ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishini yoki uning nazorati ostida xizmat qilishini taqozo qilsa; ishga kirish uchun soxta hujjatlar yoki bila turib yolg‘on ma’lumotlar taqdim etgan bo‘lsa; sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar; qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlar.
Ariza topshirish muddati: 22-oktabr 2025 yildan 22-noyabr 2025 yilgacha. Kafedra professor-o‘qituvchilari faoliyatini baholash mezonlari (KPI) va ilmiy darajalar mezonlari jadvali Universitetning Xodimlar bo‘limidan olinadi.
Manzil: Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy, SDTU rektorati binosi. Telefon: (93) 343-06-03, (91) 116-11-18.
SDTU — jamoada xilma-xillik va inklyuzivlikni qo‘llab-quvvatlashga intiladigan teng imkoniyatlarga ega ish beruvchidir.