Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti7-may, 2025 · Tahririyat

TTJ kuni: talabalar turar joyining 7 yilligi nishonlandi

SDTU 1-sonli talabalar turar joyining 7 yilligiga bag‘ishlab “TTJ kuni” bayram tadbiri o‘tkazildi; rektor Dr. Chidem Turkyilmaz talabalarni tabrikladi.

“TTJ kuni” bayram tadbiri

Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 1-sonli talabalar turar joyining 7 yilligiga bag‘ishlab “TTJ kuni” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov ishtirok etib, talabalarni qutladilar.

Ijodkor talabalar tomonidan tayyorlangan ijodiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va musiqiy shoular ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, talabalar turar joyi talabalari o‘rtasida turli nominatsiyalarda tanlovlar o‘tkazilib, g‘oliblar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish