
SDTU bitiruvchi talabalari diqqatiga!
Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasining Oqdaryo, Nurobod, Paxtachi, Pastdarg‘om, Samarqand tumani, Toyloq tuman filiallarida kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi vakant lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.
Talablar: geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi lozim.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basiga murojaat qilishlari mumkin.
Manzil: Samarqand shahri, Gulobod ko‘chasi, 56-A uy.
Murojaat uchun telefon raqami: +998 97-959-77-99.