Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti10-iyul, 2025 · Tahririyat

“Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasi doirasida tarixiy maskanlarga navbatdagi sayohat

Qurilish fakulteti talabalari “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida Ruhobod me’moriy majmuasi va Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi.

Qurilish fakulteti talabalari Amir Temur maqbarasi oldida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasi izchil davom etmoqda.

Navbatdagi manzil sifatida talabalar Ruhobod me’moriy majmuasi va Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurdi.

Sayohat davomida ishtirokchilarga ushbu obidalarning tarixiy ahamiyati, me’moriy uslublari, bezak san’ati va ulkan madaniy merosi haqida atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Ayniqsa, buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurning bunyodkorlik faoliyati, qurilish sohasidagi ishlari hamda ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi talabalarda chuqur taassurot qoldirdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish