Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar11-aprel, 2025 · Tahririyat

WORLD EDU 2025 xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida SDTU jamoasi ishtirok etmoqda

11–12-aprel kunlari “SOF EXPO Samarkand”da o‘tkazilayotgan WORLD EDU 2025 ko‘rgazmasida SDTU rektori xorijiy hamkorlik va talabalar almashinuvi masalalarini muhokama qildi.

WORLD EDU 2025 ko‘rgazmasida SDTU pavilioni

Joriy yilning 11–12-aprel kunlari “SOF EXPO Samarkand” ko‘rgazmalar majmuasida “WORLD EDU 2025” keng ko‘lamli xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu jarayonda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.

Jumladan, universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Samarqand viloyati hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi Nozir Ibragimov bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari pavilonlarini ko‘zdan kechirib, ishtirokchilar bilan samimiy suhbatlashdi.

Shuningdek, rektor xorijiy universitetlar vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini jadallashtirish hamda talabalar almashinuvi dasturi doirasida iqtidorli talabalar va professor-o‘qituvchilarni o‘qish va malaka oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborish, xorijlik talabalarni esa SDTUda o‘qishga jalb qilish masalalarini muhokama qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish