Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera12-aprel, 2025 · Tahririyat

WORLD EDU 2025 ko‘rgazmasida bitiruvchilar uchun ish o‘rinlari bo‘yicha shartnomalar imzolandi

Ko‘rgazma doirasida SDTU turli tashkilotlar bilan bitiruvchilarning ish bilan ta’minlanishi va amaliyot o‘tashi bo‘yicha shartnomalar imzoladi.

WORLD EDU 2025da bandlik bo‘yicha shartnoma imzolanmoqda

Ko‘rgazma davomida o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov va Registrator ofisining xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Elmurod Haydarov “Mirankul group” kompaniyasi direktor o‘rinbosari Ilhom Ibragimov bilan muzokaralar olib bordi. Talabalar uchun bo‘sh ish o‘rinlari va amaliyot jarayonlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi hamda tegishli shartnomalar imzolandi.

Shuningdek, Geomatika muhandisligi kafedrasining “Geodeziya, kartografiya va kadastr” hamda “Kadastr (ko‘chmas mulk kadastri)” yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi xodimlar bo‘limi mutaxassisi G‘olib Boboyorov tomonidan ma’lumotlar berildi va ularning ish bilan ta’minlanishi bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Bundan tashqari, Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Tayloq tumani mutaxassisi Sherali Irgashev, Jonboy tumani 1-son politexnikumi kadrlar bo‘limi inspektori Malika Mamirova bilan suhbat o‘tkazdi. ish.mehnat.uz platformasida e’lon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi va bitiruvchi talabalar bilan mehnat shartnomalari tuzildi.

Ko‘rgazma jarayonida, shuningdek, talabalar uchun bandlik bosh boshqarmasida amaliyot o‘tash bo‘yicha ham shartnomalar imzolandi.

Mazkur tadbir SDTU talabalari uchun kasbiy amaliyot, bandlik va xalqaro ko‘lamdagi aloqalarni kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish