Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro9-may, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik ko‘lami kengaymoqda

Universitetda Ozarbayjon, Turkiya va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi; tomonlar hamkorlik, almashinuv va qo‘shma loyihalar yuzasidan muzokara olib bordi.

Xorijlik hamkor universitetlar vakillari bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Ozarbayjon, Turkiya hamda Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Said Kurtametov ishtirok etdi.

Xorijlik vakillar:

— Mammadov Nurmammad – texnika fanlari doktori, professor, AzAQU “Muhandislik tizimlari va inshootlarini qurish” kafedrasi mudiri (Ozarbayjon);

— Mahir Dursun – Gazi universiteti professori (Turkiya);

— Muslim Jengiz – Gazi universiteti professori (Turkiya);

— Feyzieva Gulnar – AzAQU dotsenti (Ozarbayjon);

— T.X.Karimov – I.Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universiteti (Qirg‘iziston).

Uchrashuvda universitet va xorijiy oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, almashinuv, dual rahbarlik va qo‘shma loyihalarda ishtirok etish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish