
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga Avstriyaning Vena universiteti professori Dr. Josef Windsperger tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Dr. Josef Windsperger iqtisodiyot va boshqa sohalar bo‘yicha xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etish, shuningdek, ilmiy hamda akademik sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, dekanlar va kafedra mudirlari Vena universiteti professori bilan ochiq va samimiy davra suhbati olib borishdi.
Tomonlar xalqaro qo‘shma konferensiya tashkil etish, ikki universitet o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar ishlab chiqish yo‘nalishlarida kelishuvga erishdilar.
Suhbat yakunida Vena universiteti va SDTU o‘rtasida kelgusi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.