
Kuni kecha universitet rektori doktor, professor Chidem Turkyilmaz AQShning Alpha Epsilon Lambda, Inc. kompaniyasi vitse-prezidenti Rock Aboujaoude, Jr. bilan uchrashdi.
Uchrashuv doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti va Alpha Epsilon Lambda, Inc. korxonasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik doirasida quyidagilar ko‘zda tutilgan: AEL kompaniyasining O‘zbekistondagi filialini SDTUda tashkil etish; arxitektura, qurilish, suv resurslari, yashil energetika va atrof-muhit muhandisligi yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar; talabalar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi; qo‘shma konferensiyalar, ilmiy nashrlar va grant loyihalarini amalga oshirish; hamda “Intellektual suv texnologiyalari” ilg‘or muhandislik maktabi qoshida “Suv muammolari va ularni yechimlari” bo‘yicha yozgi va qishki maktablarni tashkil etish.