
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 14–15-noyabr kunlari Samarqand davlat texnika universitetida “Jahon taraqqiyotida iqtisodiyot va boshqaruvning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkaziladi.
Anjuman maqsadi — yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida investitsion-qurilish sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy muammolarni hal etishda jahon ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Anjuman yo‘nalishlari:
— O‘zbekistonda qurilish sanoati raqobatbardoshligini oshirishning dolzarb muammolari;
— qurilish sohasida innovatsion rivojlanish, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari hamda xavf-xatarlari;
— “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi doirasida qurilishning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish masalalari va jahon tajribasi;
— O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari va ularning innovatsion yechimlari;
— mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb muammolari va ularning yechimlari.
Ma’ruzalar va tezislar to‘plami nashr etiladi. Ishtirokchilardan 2025-yil 31-oktabrgacha o‘z ilmiy ishlarini elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga yuborishlari so‘raladi.
Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy, Samarqand davlat texnika universiteti, Anjuman tashkiliy qo‘mitasi. Elektron manzil: muratov.rustam@samdaqu.edu.uz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Turdibekov Yusuf — +998 90 270 45 30, Jumanov Sherzod — +998 93 357 12 18.