Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim17-aprel, 2025 · Tahririyat

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida ochiq dars

Belarus Milliy kadastr agentligi mutaxassislari SDTUning geodeziya va kadastr yo‘nalishi talabalari uchun GAT texnologiyalari bo‘yicha ochiq dars o‘tkazdi.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokidagi ochiq dars

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” hamda “Kadastr” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida ochiq dars tashkil etildi.

Darslarni Belarus Respublikasi Milliy kadastr agentligi baholash boshqarmasi boshlig‘i Veronika Aleksandrovna Soloveyeva hamda yetakchi baholovchi Oksana Sergeyevna Livoskaya olib bordilar.

Mavzular:

— “Geografik axborot tizimlari 2” fanidan — “Natijalarni baholash va vizualizatsiya usullari”;

— “Davlat kadastrlari geoportali va integratsiyasi” fanidan — “Geografik axborot tizimining geofazoviy ma’lumotlari va ularga ishlov berish”.

Ochiq dars davomida talabalar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilar GAT texnologiyalarining zamonaviy qo‘llanilishi, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda kadastr tizimlaridagi yangi yondashuvlar bilan tanishdilar.

Ilm-fan va amaliyotning uyg‘unligi — universitetning ustuvor yo‘nalishi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish