Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro9-dekabr, 2025 · Tahririyat

Akademik mobillik dasturi doirasidagi xorijlik talabalar bilan uchrashuv

Qirg‘iziston davlat texnika universitetining geodeziya yo‘nalishi talabalari 1–10-dekabr kunlari SDTUda tahsil oldi; uchrashuv yakunida ularga sertifikatlar topshirildi.

Akademik mobillik dasturidagi xorijlik talabalar bilan uchrashuv

I. Razzoqov nomidagi Qirg‘iziston davlat texnika universitetining “Geodeziya va masofadan zondlash” yo‘nalishi talabalari joriy yilning 1–10-dekabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti bazasida universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi doirasida akademik mobillik dasturi bo‘yicha tahsil oldilar.

Xorijlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov, strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov hamda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida xorijlik talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ularning adaptatsiya jarayoni hamda akademik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir yakunida chet ellik talabalarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish