Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan21-yanvar, 2025 · Tahririyat

Innovatsion loyihalar tanlovi: yangi imkoniyatlar muhokamasi

Universitet rahbariyati xalqaro amaliy-innovatsiya loyihalar tanlovlarida faol ishtirok etish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Innovatsion loyihalar tanlovi bo‘yicha yig‘ilish

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro qo‘shma amaliy-innovatsiya loyihalar tanlovlarida faol ishtirokni ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida prorektorlar Abror Gadaev, Jo‘ramirza Qayumov, dekanlar, kafedra mudirlari va IT va loyihalar koordinatori ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tanlovlarda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ilgari surilishi mumkin bo‘lgan innovatsion g‘oyalar, ilmiy-texnikaviy hamkorlik va yangi loyiha takliflari bo‘yicha muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish