
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan uyushmagan hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishida ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ular bilan individual ishlash, mas’ul vazirlik va idoralarni biriktirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.
Ana shunday tizim doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Uzoqov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shrabot tumanining “Qiyqim”, “Pangat”, “Shova” va “Minishkor” mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlar davomida yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularni ijtimoiy hayotga jalb etish, bandligini ta’minlash, ta’lim va kasb-hunar yo‘nalishlarida rag‘batlantirish maqsadida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.