
Tadbirda universitet fakultetlaridan jami 4 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Ishtirokchilar “Yurtim qadriyatlari” mavzusida sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, videoroliklar hamda o‘zlarining ijodiy g‘oyalari orqali mahorat va iqtidorlarini namoyon etishdi.
Tanlov yakunida “Eng faol jamoa” nominatsiyasi bo‘yicha Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining “Ekonomistlar” jamoasi, “Milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi” nominatsiyasi bo‘yicha esa Arxitektura fakultetining “Liderlar” jamoasi g‘olib deb topildi.
G‘olib jamoalar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.