Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti28-may, 2025 · Tahririyat

Zakovat intellektual o‘yinining 2-mavsum finali o‘tkazildi

Universitet turnirining final bosqichida “Diamond” jamoasi g‘olib chiqdi, sovrindorlar orasida “Interstellar” va “Aysberg” jamoalari bo‘ldi.

Zakovat o‘yini turniri finalida ishtirokchilar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining 5-tashabbus markazi faollar zalida Zakovat intellektual o‘yini universitet turnirining 2-mavsum final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Final o‘yinini yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov kirish so‘zi bilan ochib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. So‘ng talabalar dekani Sherzod Bozorov turnir mukofotlarini e’lon qilib, jamoalarni rag‘batlantirdi.

Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova esa Zakovat klubi faoliyati, mavsum davomida o‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobi va kelgusidagi rejalar haqida so‘zladi.

10 ta tur natijalariga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi: 1-o‘rinni “Diamond”, 2-o‘rinni “Interstellar”, 3-o‘rinni “Aysberg” jamoalari qo‘lga kiritdi.

Maxsus nominatsiyalar: “Eng faol bilimdon qiz” — Muazzam Boymurodova; “Eng faol bilimdon yigit” — Asror Toshpo‘latov.

Mazkur intellektual musobaqa talabalar tafakkurini rivojlantirish, ularning mantiqiy va tezkor fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish