
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Zakovat” intellektual o‘yini arafasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hovlisida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot” yili doirasida ko‘chat ekish marosimi tashkil etildi.
Mazkur marosimda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular “Bunyodkor” terma jamoasi nomidan ramziy daraxt ekishdi.
Tadbir tabiatga mehr, ekologik muvozanatni saqlash va yashil muhitni yaratishga bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘lib, yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.