
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti 1-bosqich talabalari o‘rtasida “Ona tilim — qalbim gavhari” shiori ostida viktorina o‘yini tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlarning ona tiliga hurmatini oshirish, o‘zbek tilining boyligi va go‘zalligini targ‘ib qilish hamda ona tili va adabiyotiga oid bilimlarini mustahkamlashdan iborat.
Viktorina davomida talabalar imlo qoidalari, grammatika, maqol va matallar, iboralar hamda milliy qadriyatlarga oid savollar orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar.
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho boyligimizdir!