
28–29-may kunlari Andijon davlat universitetida “O‘zbekiston–Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida birinchi forum bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Juramirza Qayumov ishtirok etdi.
Forum doirasida uchta nufuzli Ozarbayjon universiteti — Boku davlat universiteti, Ozarbayjon texnika universiteti va Ozarbayjon davlat neft va sanoat universiteti — bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma fakultetlar va ilmiy markazlar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi hamda rektorlar o‘rtasida tajriba almashish va ochiq muloqotlar tashkil etildi.