Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar14-aprel, 2025 · Tahririyat

“Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” seminar-trening o‘tkazildi

Aprel — “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida SDTU “Adolat” partiyasi bilan hamkorlikda talaba-yoshlar uchun halollik mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Halollik vaksinasi seminar-treningi

O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi tomonidan joriy yil aprel oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi. Ushbu dolzarb tashabbus bilan “Adolat” SDP korrupsiya illatiga qarshi kurashni butun jamiyat miqyosida yanada kuchaytirishni maqsad qildi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi hamda “Adolat” Sotsial-demokratik partiyasi Samarqand viloyat kengashi hamkorligida kuni kecha “Bo‘lajak kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash – davr talabi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar-treningda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Uzoqov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi boshlig‘i Ravshan Davirov, “Adolat” SDP Samarqand viloyat kengashi rais o‘rinbosari Asqar Xoliqov, Samarqand viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘limi bosh maslahatchisi Nargiza Fayziyeva, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida korrupsiya har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotiga g‘ov bo‘luvchi illat ekanligi ta’kidlanib, bu illatga qarshi kurashda jamiyatning barcha qatlamlari birlashishi lozimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, seminar-trening davomida Arxitektura fakulteti 2-bosqich talabasi Komronbek Muhammedovning “Mening hayotimda korrupsiyaga o‘rin yo‘q!” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish