
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Milliy liboslar haftaligi” doirasida o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, urf-odatlari, ayniqsa, milliy kiyim-kechak an’analarini targ‘ib qilish maqsadida “Milliylik — millat ko‘rki” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida milliy liboslarimiz nafaqat tashqi ko‘rinish, balki xalqimizning tarixi, hayot falsafasi va qadriyatlarini o‘zida mujassam etgani ta’kidlandi. Ayniqsa, yoshlarda milliy o‘zlikni anglash va o‘z madaniyatiga hurmat ruhini shakllantirishda bunday tashabbuslarning ahamiyati katta ekani qayd etildi.