Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-iyul, 2025 · Tahririyat

“Vatan bo‘ylab sayohat qil” loyihasida: Nodir Devonbegi va Xo‘ja Ahror Vali xonaqohi

Qurilish fakulteti talabalari “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida Samarqanddagi Nodir Devonbegi me’moriy yodgorligi va Xo‘ja Ahror Vali xonaqohiga tashrif buyurishdi.

Talabalar Nodir Devonbegi madrasasi oldida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” dasturining “Vatan bo‘ylab sayohat qil!” loyihasi doirasida Qurilish fakulteti talaba-yoshlari uchun navbatdagi sayohat tashkil etildi.

Ular Samarqand shahrida joylashgan Nodir Devonbegi me’moriy yodgorligi hamda Xo‘ja Ahror Vali xonaqohida bo‘lishdi.

Tarixiy manbalarga ko‘ra, Nodir Devonbegi madrasasi mashhur Nodir Devonbegi mablag‘i hisobidan bunyod etilgan. Madrasa Xo‘ja Ahror xonaqohi yaqinida joylashgani sababli xalq orasida Xoja Ahror madrasasi yoki peshtoqidagi quyosh va sherlar tasvirlari bois Kichik Sherdor madrasasi nomi bilan ham ataladi.

Bir qavatli madrasa hovlisining ikki tomonida ayvonlar, hujralar, masjid va darsxona joylashgan. Bosh peshtoq bezaklari feruza, yashil va sariq rangdagi mayda naqshlar bilan nafislik va uyg‘unlik yaratgan.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish