Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar8-aprel, 2025 · Tahririyat

Farg‘ona viloyati hokimi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov SDTU rektori Chidem Janbay Turkyilmaz va uning xitoylik hamkorlarini qabul qilib, hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Farg‘ona viloyati hokimi va SDTU rektori uchrashuvi

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Samarqand davlat texnika universiteti rektori Chidem Janbay Turkyilmaz hamda uning xitoylik hamkorlarini qabul qildi. Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik istiqbollari hamda investitsiya masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari bugungi kunda ilm-fan rivojining mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o‘rin tutayotganini, shu jumladan Samarqand davlat texnika universitetining bu boradagi qo‘shma dasturlari va investitsiya loyihalarini e’tirof etdi.

Shuningdek, yangi massivlar barpo etilib qurilish sohasidagi ishlar ko‘lami kengayib borayotgan Farg‘ona viloyatida xorijiy investitsiyalar kiritilayotgan yo‘nalishlar haqida ma’lumot berildi va xorijlik investorlar bilan hamkorlik yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish