Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan11-fevral, 2025 · Tahririyat

Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi

Universitet olima ayollari va Qozog‘istonlik mehmonlar ilmiy tadqiqotlarini taqdim etdi.

Xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Xotin-qizlar kengashi tomonidan 11-fevral — Xalqaro ilm-fandagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Men o‘z ilmiy faoliyatim bilan yurtim taraqqiyotiga hissa qo‘shaman” shiori ostida “Olima ayollarning ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil qilindi.

Seminarda ilm-fanga o‘z hissasini qo‘shayotgan ayol tadqiqotchilarning roli alohida e’tirof etildi. Tadbirda universitet olima ayollari bilan bir qatorda Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahridagi Hududiy innovatsiyalar universiteti “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Sergaziyeva Madina Rasulxanovna va Mutaliyeva Aygul Alimdjanovna ishtirok etib, o‘z ilmiy tadqiqot ishlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Seminarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadaev ochib, ishtirokchilarga ilmiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir davomida universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Adolat Ziyotova, dotsent Mavluda Xudayarova, Umida Kurbonova, Musavvara Ibragimova kabi olima ayollar o‘z ilmiy izlanishlari va tadqiqot natijalari bilan bo‘lishdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish