Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti2-may, 2025 · Tahririyat

Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy burchimiz

Qurilish va Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlarining sirtqi ta’lim talabalari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurash mavzusidagi davra suhbati

Samarqand davlat texnika universiteti “Komplaens-nazorat” bo‘limi tashabbusi bilan Qurilish hamda Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetlarining 2-bosqich sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari ishtirokida “Islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ov bu — korrupsiyadir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda “Madad Shafqat” advokatlar hay’ati vakili, Oliy toifali advokat Mavjuda Rustamova, Qurilish fakulteti dekani Javlon Suyunov, universitet profilaktika inspektorlari Nargiza Primova va Temur Karimov ishtirok etdi.

Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmoni, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlashga oid qarorlar mazmun-mohiyati va ahamiyati keng yoritildi.

Talabalarga korrupsiyaga qarshi ong va huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi va ochiq muloqotlar orqali fikr almashildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish