Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar21-oktabr, 2025 · Tahririyat

O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi nishonlandi

SDTUda O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek tili davlat maqomining 36 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 36 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalarga ona tilimizning tarixiy taraqqiyot yo‘li, milliy o‘zligimiz va ma’naviyatimizni ifoda etuvchi asosiy qadriyat sifatidagi o‘rni, shuningdek til madaniyatini rivojlantirish va asrab-avaylash zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Bayram tadbirida tilimizni ulug‘lovchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlari ijro etilib, talabalar va professor-o‘qituvchilarda ona tilimizga bo‘lgan faxr va e’tiqod tuyg‘usi yanada mustahkamlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish