
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga Chexiya Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasasi — Praga texnika universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Delegatsiya tarkibida Praga texnika universitetining Xalqaro munosabatlar bo‘limi boshlig‘i Karel Pavelka va universitet professori Karel Vach ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildi: universitetlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish; professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish; qo‘shma ilmiy loyihalar ishlab chiqish va xalqaro grant dasturlarida hamkorlikda ishtirok etish.
Suhbat yakunida ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ikki universitet o‘rtasida uzoq muddatli va samarali ilmiy-akademik aloqalar uchun mustahkam huquqiy asos yaratadi.