Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti6-may, 2025 · Tahririyat

Psixologik seminar-trening: “Insonga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillar”

Qurilish fakulteti talabalari uchun universitet psixologlari tashqi omillarning inson dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta’siri mavzusida seminar-trening o‘tkazdi.

Talabalar uchun psixologik seminar-trening

Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun universitet psixologlari Sardor Otayorov va Umida Najmiyeva tomonidan talabalar dekanati bilan hamkorlikda “Insonga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillar” mavzusida psixologik seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar tashqi omillarning inson fikrlashi, dunyoqarashi, xulq-atvori va fe’l-atvorining shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida chuqur va hayotiy misollar asosida ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Psixologlar ijobiy va salbiy omillarni tahlil qilgan holda, yoshlarga o‘zlarini anglash va mustahkam ichki pozitsiyani shakllantirish borasida amaliy tavsiyalar berdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish