Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro26-iyul, 2025 · Tahririyat

SDTU talabalari uchun Yaponiyada ta’lim va ishga joylashish yo‘lidagi hamkorlik

Yaponiyaning SOAFS va PONTE tashkilotlari vakillari universitet rahbariyati bilan uchrashib, talabalarni Yaponiyaga yuborish yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Yaponiyalik mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashuvda

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga Yaponiyaning SOAFS (Support Organization for Advanced Foreign Students Co., Ltd.) va PONTE Co., Ltd. tashkilotlari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Mehmonlar universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va rahbariyat vakillari bilan uchrashib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildi:

— Talabalarni Yaponiyadagi yirik kompaniyalarga ishga joylashtirish;

— Yapon tili va texnik mutaxassisliklarni chuqur o‘rgatish;

— Ta’lim jarayonlarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash.

Tashrif doirasida universitet rahbariyati bu tashabbuslarni ijobiy baholab, yaqin kelajakda SOAFS va PONTE kompaniyalari bilan hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilayotganini bildirdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish