Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro18-iyun, 2025 · Tahririyat

SDTU va HENGDA o‘rtasida yirik hamkorlik loyihasi imzolandi

SDTU va Xitoyning HENGDA qurilish sifatini nazorat qilish byurosi o‘rtasidagi shartnoma asosida qo‘shma ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi; kompaniya 4 million dollarlik investitsiya kiritadi.

SDTU va HENGDA o‘rtasidagi shartnoma imzolash marosimi

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti va Xitoyning HENGDA qurilish sifatini nazorat qilish byurosi o‘rtasida muhim hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Ushbu kelishuv asosida “Qurilish muhandislik sifatini nazorat qilish ilmiy-tadqiqot instituti” tashkil etiladi; institut Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilg‘or laboratoriyalardan biriga aylanishi, qurilish loyihalari uchun sifat nazoratini amalga oshirishi hamda talabalar va olimlar uchun amaliyot va tadqiqot maydoni bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

HENGDA kompaniyasi 4 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritadi; dastlab 1 million dollarlik texnik uskunalar yetkaziladi. Universitet esa institut faoliyati uchun 2000 kv.m tadqiqot maydoni, 200 kv.m ofis hamda yashash va infratuzilma sharoitlari bilan ta’minlaydi.

Institut birgalikda boshqariladi: HENGDA ulushi — uskunalar, SDTU ulushi — joy va ilmiy kadrlar.

Shuningdek, talabalarga amaliyot o‘rinlari yaratiladi, ilmiy loyihalarda hamkorlik qilinadi hamda xalqaro anjumanlar va forumlar tashkil etiladi.

Ushbu kelishuv “Bir makon — bir yo‘l” tashabbusi doirasida Xitoy–O‘zbekiston ilmiy-ta’lim hamkorligining amaliy natijasi bo‘lib, mintaqaviy taraqqiyotga hissa qo‘shadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish